
Bugun Istomin amerikalik tennischiga qarshi kortga chiqadi
O‘zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Denis Istomin "Qozog‘iston Prezidenti kubogi"da 1/8 final bosqichi uchun kurashga kiradi.
Unga AQSh sharafini himoya qilayotgan MakKenzi MakDonald raqiblik qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 14:50 atrofida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz avvalgi bosqichda mezbonlar vakili Denis Evseevni musobaqadan chiqarib yuborgandi.
Fikrlar