
Bugun Istomin 1/8 final chiptasi uchun kortga chiqadi
Denis Istomin Frantsiyadagi turnirda ishtirok etmoqda. Avvalroq "Open Quimper Bretagne" turnirining 1/8 final bosqichida mezbonlar vakili Konstan Lestendan mag‘lub bo‘lgandi.
Hamyurtimiz bu safar "Open Quimper Bretagne II"da qatnashmoqda. U bugun germaniyalik Tobias Kamkega qarshi kortga chiqadi. G‘olib tomon 1/8 final chiptasiga ega chiqadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi.
Fikrlar