Bugun Evropa ligasida FINAL: "Sevilya" o‘z rekordini yangilaydimi yoki "Roma" tarix yaratadimi?

  • 31 may, 2023, 12:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Vengriya poytaxtida UEFA Evropa ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Budapesht shahridagi muhtasham “Ferents Pushkash” stadionida Ispaniyaning “Sevilya” hamda Italiyaning “Roma” klublari o‘zaro maydonga tushadi.

Ta’kidlash kerakki, andalusiyaliklar ushbu musobaqada g‘olib chiqish bo‘yicha mutlaq  rekordchi hisoblanishadi. “Sevilya” umumiy hisobda Evropa ligasida 6 marta chempion bo‘lgan. Rim klubi esa hozircha ushbu turnirda biror marta ham g‘olib bo‘lolmagan. “Roma” 1990/91 yilgi mavsumda ushbu musobaqa finalida ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Evropa ligasi g‘olibi kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini ham qo‘lga kiritadi.

Ma’lumot uchun, “Sevilya” – “Roma” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!