
Bugun Eronda Sherzod Temirov jamoasi Azizbek Amonov klubiga qarshi bahs olib boradi
Bugun Eron chempionati 23-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Unda ikki hamyurtimiz "Persepolis" safida to‘p tepayotgan Sherzod Temirov va "Istiqlol" vakili Azizbek Amonov jamoalari bir-biriga qarshi o‘zaro o‘yin o‘tkazadi. Mazkur bahs Eronning eng yirik "Ozodi" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Hozirda ikki klub turnir jadvalida eng yuqori o‘rinlarni band etib turibdi. "Istiqlol" hisobida 54 ochko mavjud bo‘lsa, "Persepolis" 48 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar