
Bugun Elit chempionlar ligasi boshlanadi
Bugun Elit chempionlar ligasi start oladi. Yangicha formatda bo‘lib o‘tadigan turnir "Al-Shorta" - "An-Nasr" va "Al-Ayn" - "Al-Sadd" uchrashuvlari bilan boshlanadi.
Shuningdek, Oston O‘runov harakat qiladigan "Persepolis" "Al-Ahli"ga qarshi o‘ynasa, Masharipov jamoasi "Istiqlol" "Al-Garafa" bilan kuch sinashadi. Ikkala bahs ham 23:00'da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu chempionatda O‘zbekiston nomidan "Paxtakor" ishtirok etadi. "Sherlar"ning dastlabki raqibi BAA klubi "Al-Vasl" bo‘ladi.
Fikrlar