Bugun «Dinamo» jamoasi tanishtiruv marosimi o‘tkazadi

  • 28 fevral, 2022, 08:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2022 yilgi yangi futbol mavsumiga o‘zgacha ruh va shukuhda tayyorgarlik ko‘rgan «Dinamo» jamoasi o‘z an’anasiga ko‘ra, chempionat o‘yinlari oldidan yangi futbolchilari taqdimotini o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

Tanishtiruv marosimi 28 fevral, bugun soat 18:00da Samarqand shahridagi «Yoshlar markazi» katta zalida boshlanadi. Tadbirda jamoa a’zolari, viloyat hokimligi, homiy va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, muxlislar, Samarqand futbol jamoatchiligi ishtirok etadi. Unda klub bosh murabbiyi Predrag Rogan tanishtirilib, «Dinamo» futbolchilariga yangi liboslar topshiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!