Bugun 5 nafar bokschimiz navbatdagi jangini o‘tkazadi. Ularning ikkisi debyutant

  • 29 yanvar, 2021, 11:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun, 29 yanvar kuni bir qancha boks kechalari tashkil etilmoqda. Xususan, Rossiyaning “Patriot” promouterlik kompaniyasi tomonidan Moskvadagi  boks oqshomida 4 nafar bokschimiz ham ishtirok etadi.

Tecno

Profescional boksning yarim og‘ir vazn toifasida Rustam To‘laganov (3-0, 1 KO) Bebi Berrosalga (17-7, 16 KO) qarshi jang qilsa, Bahrom Fozilov - Charlan Takam, Mirzakamol Ne’matov - Gerin So Fonku hamda  professional boksda o‘z debyutini o‘tkazadigan og‘ir vaznli Lazizbek Mullajonov va Aleksandr Stepanov qarama-qarshiligini ko‘rishimiz mumkin.  

Toshkent vaqti bilan 30 yanvar tongida esa, Amerika Qo‘shma Shtatlarida Kozimbek Mardonov ham professional boksda debyut qiladi. Mardonovga argentinalik bokschi Marselo Rubin Molina (23-18-1, 19 KO) raqiblik qiladi.

Barcha hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!