Bu yozning asosiy transferi allaqachon amalga oshirildi: Dortmundda yana nimalar bo‘ladi?

  • 3 iyul, 2021, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” Dortmund klubi o‘zining angliyalik yarim himoyachisi Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”ga o‘tishini tasdiqladi. Biz bugun ushbu transfer haqida so‘z yuritamiz.

Tecno

"Manchester Yunayted" anchadan beri Jeydon Sanchoni ko‘z ostiga olib yurgan edi. O‘tgan yozda "qizil iblislar" ingliz vingerini sotib olishga harakat qilib ko‘rdi, ammo "Borussiya" bu transferdan bosh tortdi. Ushbu voqeadan ranjigan Sancho bunga javoban mavsum boshida bir muddat o‘z o‘yinini namoyish qilmadi, ammo keyin u hammasini o‘ylab ko‘rdi va MYuga zarurligini isbotlash uchun yana yuqori darajada futbol ko‘rsata boshladi.

Djeydon Sancho pereshel v «Man Yunayted» za 84 milliona evro

Ingliz klubining ushbu transferdan maqsadi aniq. Ularga o‘ng qanotda hujumkor futbolchi kerak. Sancho bu borada eng zo‘r tanlov bo‘ladi. Garchi u 21 yoshda bo‘lsada, allaqachon o‘z o‘yinini topa olgan. Bundan tashqari, Sanchoning MYuga moslashishi deyarli muammo bo‘lmaydi. Boisi, u ingliz futbolchisi, qolaversa, “Borussiya”ga qadar “Manchesterda Siti”da o‘ynagan va bu shahar unga yaxshi tanish.

Aytish kerakki, Sancho bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsherning asosiy maqsadi bo‘lgan va norvegiyalik mutaxassis nihoyat bu maqsadiga erishdi. Asosiysi, Sulsher Sanchoning iste’dodini yo‘qqa chiqarib qo‘ymasligida. Chunki Sulsherning himoyaviy futbol namoyish etishi ko‘pchilikka ayon. Lekin shunda ham yuqori tezlikka ega bo‘lgan Sancho “Manchester Yunayted”ga tezkor qarshi hujumlarda katta foyda keltirishi mumkin.

Istochnik: «MYu» i «Borussiya» dostigli soglasheniya po Sancho

Boshqa tomondan oladigan bo‘lsak, Sanchoning transferi “Manchester Yunayted” tarkibining sifatini oshirishi mumkin. Endi Sulsherda nafaqat ko‘proq variantlar, balki kuchli futbolchilar ham bo‘ladi.

Ammo masalaning yana bir tomoni bor. Odatda, “Borussiya” Dortmunddan MYuga ko‘chib o‘tgan futbolchilar Germaniyadagi o‘yinini Angliyada namoyish eta olmaydi. Birgina Shinji Kagava hamda Genrix Mxitaryanning transferlari bu borada so‘zimizga yaqqol misol bo‘lishi mumkin. Sancho bu “qora an’anaga” chek qo‘ya oladimi? Buni keyinroq bilib olamiz.

Umuman olganda, "Borussiya"ning harakatlari aniq. Dortmundliklar futbolchilarni sotish bilan kun ko‘radi. Sanchoning transferi ham nemis grandi uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi. "Borussiya" uni 8 million evroga sotib olgan edi. Endi esa uni o‘n baravar qimmatga sotmoqda. Dortmundliklar etakchi futbolchilarini saqlab qolishga qodir emasliklarini tushunishadi, shu sababli ushbu futbolchilarni eng yuqori nuqtasiga chiqqan paytda sotish ular uchun eng to‘g‘ri echimdir.

Djeydon Sancho - statusy na Sports.ru

Qolaversa, "Borussiya" allaqachon etakchilar o‘rnini yosh futbolchilar bilan qoplaydigan yangi tizimni o‘rnatgan. Masalan, 19 yoshli Ansgar Knauff Sanchoning pozitsiyasida o‘ynaydi va Jeydondan so‘ng aynan unga o‘zini ko‘rsatishi uchun imkoniyat berilishi mumkin. Lekin u bo‘lmaganda ham, dortmundliklarda boshqa variantlar bo‘ladi. Hech bo‘lmaganda "Borussiya" ushbu pozitsiyaga yana bir yosh umidli futbolchini sotib oladi.

Golden Boy novosti - Spisok nominantov na Golden Boy-2020 sokratilsya do 20  chelovek. V nego vxodyat Sancho, Xoland, Fati i Devis - Football-fun.ru -  Novosti futbola 2021. Futbol, svejie novosti segodnya. Futbol,

Aksincha, endi hujumchi Erling Xolandning kelajagi barchaga qiziq. Har holda "Borussiya" bir yozda ikkita etakchisidan mahrum bo‘lishni istamasa kerak?! Qolaversa, Sancho sotilgandan so‘ng, dortmundliklar moliyaviy qiyinchiliklardan qutuladi. Ehtimol, ingliz futbolchisining transferi norvegiyalik yulduzni kamida yana bir mavsum Dortmundda olib qolishga xizmat qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!