
Bu voqea sodir bo‘lganiga 20 yil bo‘ldi
Bundan roppa-rosa 20 yil avval, 2003 yilning 16-noyabrida Lionel Messi ilk bor "Barselona" libosida o‘ynagan edi.
O‘sha kuni Frank Raykard 16 yoshli futbolchini "Portu"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida zaxiradan maydonga tushirgandi. O‘shanda kataloniyaliklar 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan.
Lionel Messi "Barselona"ni 2021 yilning yozida tark etgandi. Kataloniya klubi moliyaviy muammolar tufayli argentinalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qila olmadi. Keyin Messi PSJda ikki mavsum o‘ynadi va 2023 yilda "Inter Mayami"ga o‘tdi.
Fikrlar