Bu transfer “Real”ni o‘ylantirib qo‘ydi

  • 23 iyul, 2022, 20:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mutasaddilari jamoa tarbiyalanuvchisi Dani Sebalosning kelajagi bo‘yicha bir qarorga kela olmayapti.

Tecno

Klub rahbariyati “uni olib qolish kerakmi yoki sotib yuborish foydalimi?” , degan savolga javob topa olmayapti.

Aslida klub mutasaddilari Sebalos sotib yuborilishini e’lon qilgandi. Yarim himoyachiga “Betis” xaridor bo‘ldi. Lekin madridliklar qo‘ygan narx ularga qimmatlik qildi.

Shundan beri Sebalosga birorta taklif bo‘lgani yo‘q. Murabbiylar shtabi uni jamoada olib qolib, oz bo‘lsa-da, o‘yin amaliyoti taqdim etmoqchi.

Bosh murabbiy Karlo Anchelotti “Real” yangi mavsumda juda ko‘p turnirda qatnashishini inobatga olib, bu futbolchi ortiqchalik qilmaydi degan fikrda. SEbalos o‘tgan mavsum o‘n bir marta maydonga tushib, o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!