Bu jamoaga Messi ham yordam berolmayapti

  • 16 iyul, 2023, 10:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha tunda MLSning navbatdagi tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda Lionel Messi to‘p suradigan "Inter Mayami" klubi "Sent-Luis"ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv Florida jamoasining 0:3 hisobidagi yirik mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Tecno

Qayd etish joiz, bu “Inter Mayami”ning argentinalik yulduz hujumchi bilan shartnoma imzolaganidan keyingi ilk uchrashuvidir. Shu tariqa floridaliklarning g‘alabasiz seriyasi 11 taga etdi.

36 yoshli hujumchining transferi 15 iyul, shanba kuni e’lon qilingan edi. Tomonlar 2025 yil oxirigacha mehnat shartnomasi tuzishgan.

Ayni damda “Inter Mayami” Sharqiy konferensiya turnir jadvalida oxirgi o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinni 21 iyul kuni "Sharlotta"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Socceruzb
16/07/2023 10:37
Муаллифни калласи жойидами? Месси ўйнамаган бўлса, унда нима айб? Хе, сарлавхангаям, мақоланггаям....
Узимдааа Мендааа
16/07/2023 14:13
Тугрисини айтаяптику агар асосий состав кучсиз булса Битта Месси Нима кила олади ? Бу футбол бокс эмас ?