
Bu ishni faqat to‘rt kishi uddalagan
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski “Chelsi”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda raqib darvozasiga ikkita gol kiritdi.
Shu tariqa, polshalik hujumchi Chempionlar ligasining ketma-ket ettita o‘yinida gol urdi. Bunday natijaga shu kungacha Edinson Kavani, Krishtianu Ronaldu va Rud van Nistelroy erishgan xolos.
Levandovksi joriy musobaqada jami 13 ta gol bilan to‘purarlar bahsida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar