Bu hujumchi 30 ta gol urib berishiga ishonishyapti

  • 2 avgust, 2024, 12:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi  Erik ten Xag klub tarbiyalanuvchisi Markus Reshfordga ishonchi katta ekanini ma’lum qildi.

Tecno

- Men Reshford ikki yil avval ko‘rsatgan ko‘rsatkichini takrorlab, mavsum davomida 30 ta gol ura olishiga yuz foiz ishonaman. U bunga qodir, - dedi Erik ten Xag.

Ma’lumki, so‘nggi ikki mavsumda 26 yoshli forvardning o‘yini va samaradorligida pasayish yuzaga keldi.

Bu yozda Reshfordni Evropaning bir necha grand klublari o‘z safiga chorlayapti. Mutaxassislar angliyalik hujumchi o‘yinini tiklab olish uchun muhitni o‘zgartirishni maslahat berdi.

Biroq “Manchester Yunayted” rahbariyati bu yoz tajribali hujumchini sotib yubormaslik bo‘yicha yakuniy qaror chiqardi.

Markus 2016 yildan beri manchesterliklarning asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblanadi. U barcha turnirlarda shu paytga qadar 416 marotaba maydonga  tushib, 136 ta gol va 66 ta assist muallifi bo‘lgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!