
Bu hodisa yuz berishiga hech qanaqasiga ishonmasdim! PSJ ishtirokidagi o‘rtoqlik o‘yinida ta’sirli voqea sodir bo‘ldi yoxud do‘stlashayotgan dushmanlar
Futbolda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Jamoadoshlar va do‘stlar bir kuni azaliy raqibga aylanadi yoki buning aksi. Bir necha yil oldin Serxio Ramos hamda Lionel Messi bir jamoa sharafini himoya qiladi va "Barselona" afsonasi o‘zi ishlagan penaltini "Real" afsonasiga beradi, deb o‘ylarmidingiz.
Avvalroq, ya’ni mazkur holat kuzatilmasidan ancha yillar oldin shu gapni aytganingizda, hamma kulardi, nazdimda.
Messi hamda Ramos "Keviyi Ruan" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. O‘yinning 33-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda Lionel Messi penalti ishladi. Uning Neymarga yoki Suaresga penaltini tepish imkoniyati berganini "Barselona"da bir necha bor guvohi bo‘lganmiz va buni ularga bo‘lgan hurmat va do‘stona munosabat deb atasak bo‘ladi. Biroq Ramos! O‘zi hamon bu jamoada kim ushbu vazifani bajarishi noma’lum. Ba’zan Neymar va Mbappe, ayrim pallalarda esa yangi kelib qo‘shilgan argentinalik yulduz ushbu ishni o‘z zimmasiga oladi. Biroq kechagi o‘yinda Kilian va Neymar o‘ynamadi. Shunday bo‘lgan taqdirda, 11 metrli zarba 35 yoshli fenomenga tegishli bo‘lishi lozim edi. Ammo u penaltini Ramosga berdi. Mana buni keskin burilish desak bo‘ladi. Ularning hatto bir jamoada bo‘lishi qiyin masala deydiganlar, bu holatga qanday qarashar ekan? Hamon o‘ta printsipial muxlislarchi? Qarang, o‘sha ikki dushmanlar endi jamoadosh va bir-birlarini penalti bilan siylamoqda.
O‘rtoqlik o‘yinida Parij klubi 2:0 hisobida zafar quchdi. Garchi, terma jamoa bilan bo‘lgan o‘yinchilarga ta’til biroz ko‘proq bo‘lgan bo‘lsa-da, Leo PSJ mashg‘ulotlariga ancha erta qaytdi. Haqiqiy professional. Shunday emasmi? Keling, yana yuqoridagi mavzuga to‘xtalamiz va bu borada tvitterdagi ayrim muxlislarning fikrlari bilan tanishib chiqamiz.
- Serxio Ramos Lionel Messi ishlagan penaltini aniq amalga oshirdi. Hech kimning hayoliga ham kelmagan hodisa sodir bo‘ldi.
- Messi penalti ishladi, Ramos esa gol urdi. Tasavvur qiling, bir necha yil oldin shu gapni kimdir sizga aytsa, qay holatga tushardingiz.
- Messi 11 metrli jarima zarba ishladi va Ramos undan foydalanib, gol urdi. 2012 yilda qaysidir futbol muxlisi shu haqda o‘ylaganmikan?
- Leo o‘zi ishlagan penaltini Ramosga berdi.Futbolda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Jamoadoshlar va do‘stlar bir kuni azaliy raqibga aylanadi yoki buning aksi. Bir necha yil oldin Serxio Ramos hamda Messi bir jamoa sharafini himoya qiladi va "Barselona" afsonasi o‘zi ishlagan penaltini "Real" afsonasiga beradi, deb o‘ylarmidingiz.
- Avvallari Ramos Messiga nisbatan jarima maydonida qo‘pollik ishlatardi va Leo penalti tepardi. Hozir ular bir jamoada va ayrim narsalar o‘zgargan.
O‘tgan mavsumni bu ikki futbol dahosi biroz omadsiz o‘tkazdi. Biri o‘zidan kutilganchalik o‘yin namoyish etmadi va ko‘p gollar urmadi, boshqa biri esa tinimsiz jarohatlar tufayli ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Yangi mavsumga tayyorgarlik avjida! Har ikkisi mashg‘ulotlarda a’lo kayfiyatda ishtirok etmoqda. Penaltiku mayli! Bu holatni biroz bo‘rttirib yuborgandirman. Biroq yangi mavsumda PSJ EChLni yutsa hamda mazkur chempionlikda Messi va Ramosning hissasi yuqori bo‘lsa, bunga nima deysiz. Daxshat-a?
Katta ehtimol bilan bu ikki yulduz Frantsiya grandi safida yana bir mavsum birgalikda to‘p tepadi. Ronaldu va uning jamoasi PSJning yo‘lidan chiqib qolsa, Leo va Ramos unga qarshi harakat qiladi. Kerak bo‘lsa, bir-birini yonini oladi va g‘alaba qozonishsa, buni birgalikda nishonlaydi. Yana Alba, Buskets, Pike, aniqroq qilib aytganda "Barselona" parijliklarga raqib bo‘lsa ham katta ehtimol bilan shu hodisa sodir bo‘ladi.
O‘tgan mavsumda nega bu gaplarni aytmadim. Axir, ular birga maydonda harakat qildiku, deydiganlar ham topiladi. Shunchaki, azaliy dushmanlar endi til topisha boshladi. Ko‘ramiz va kuzatamiz. To‘g‘ri, Frantsiya chempionati biroz e’tibordan chetda, lekin Messi, Neymar, Mbappe, Ramos, Veratti, Donnarumma kabi yulduzlar borligi uchun ham bu klub o‘yinlarini kuzataveramiz. Bunga majbur qiluvchi personalar va holatlar mavjud.
Xudayqulov Karim maqolasi
Fikrlar