
Bu futbolchining katta maosh so‘rashga haqqi yo‘q!
“Vest Xem” rahbariyati “Chelsi”da Tomas Tuxelga kerak bo‘lmay qolgan himoyachi Kurt Zumani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Tomonlar o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaraga ko‘ra, “aristokratlar” Zumani 15,6 million funt evaziga “Vest Xem”ga o‘tishiga rozilik berdi.
Ayni paytda “bolg‘aurarlar” frantsiyalik himoyachi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishmoqchi. Futbolchi “Vest Xem”ning eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchisi bo‘lmoqchi va klubdan haftasiga 125 ming funt so‘rayapti.
Angliyalik mashhur hujumchi Darren Bent Kurt Zumaning o‘zini tutishini tanqid qildi.
- U “Chelsi” kabi katta klubdan kelgani uchun o‘z talablari va injiqliklarini o‘tkazmoqchi bo‘lyapti. Biroq, maydonda ko‘rsatgan o‘yini uning turli shartlarni ilgari surish va katta maosh talab qilishga haqqi yo‘qligidan dalolat bermoqda, - dedi Darren Bent.
Fikrlar