
“Chelsi”: Bu futbolchi umuman sotilmaydi!
“Chelsi” asosiy tarkibiga kira olmaganidan keyin “Kristal Pelas”ga ijaraga berilgan klubtarbiyalanuvchisi Konor Gallaxer mavsumni yuqori darajada o‘tkazmoqda.
Xususan, yosh futbolchi Angliya terma jamoasidan ham chaqiruv oldi va San-Marinoga qarshi o‘tkazilgan g‘alabali uchrashuvda yaxshi o‘ynab, muxlisu mutaxassislar ishonchini oqladi.
Ayni paytda Gallaxerning xaridorlari tobora ko‘payib bormoqda. “Kristal Pelas” uni o‘z safida uzoq muddatga olib qolmoqchi bo‘lsa, “Nyukasl” va “Lids” o‘ziga og‘dirib olmoqchi.
“Chelsi” rahbariyati premer-ligada o‘zini ko‘rsata boshlagan 21 yoshli tarbiyalanuvchisini o‘z qaramog‘ida olib qolmoqchi. “Arsitokratlar” yozda bu o‘yinchi bo‘yicha keladigan har qanday taklifga rad javobini beradigan bo‘lyapti. Tomas Tuxel kelasi mavsumda Konorni asosiy tarkibga kiritishni rejalashtirgan.
Fikrlar