Bu futbolchi “Siti”, “Arsenal”, “Liverpul” hujumchilaridan zo‘r!
Angliya milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Gabriel Agbonlaxor “Bornmut” hujumkor futbolchisi Antuan Semenoning mahorati va oldingi chiziqda o‘ynash qobiliyatini juda yuqori baholadi.
Premer-ligada to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan 25 yoshli futbolchiga grand klublardan takliflar kela boshlagan.
Agbonlaxor Semeno Angliyaning har qanday jamoasida o‘ynay olishini ta’kidladi.
- Menga Semenoni boshlang‘ich tarkibga kiritmaydigan Angliya Premer-ligasining biror jamoasini ko‘rsating. Bu futbolchi “Arsenal”dagi Martinelli va Trossar, “Liverpul”dagi Gakpo va “Manchester Siti”dagi Dokudan ham zo‘r. “Tottenxem”ga o‘tsa ham, boshlang‘ich tarkibda o‘ynardi, - dedi Gabriel Agbonlaxor.
Londonda tug‘ilgan va ingliz futboli tariyalanuvchisi bo‘lgan Antuan Semeno xalqaro miqyosda 2022 yildan beri Gana milliy terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. U Gana tarkibida 31 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta to‘p kiritgan.



Fikrlar