
Bu futbolchi “Barsa”ni yangi bosqichga ko‘taradi!
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoaga erkin agent sifatida qo‘shilgan Memfis Depay haqida o‘z yirk-mulohazalarini bildirdi.
- Odamlar Memfisni yaxshi biladi. U o‘z davrida “Manchester Yunayted” va “Lion” kabi jamoalarda o‘ynagan. Depay o‘zining o‘yin uslubi, kuchi va tezkorligi bilan “Barselona”ni yangi bosqichga ko‘taradi. “Shtutgart” bilan o‘yinda uning Antuan Grizmann bilan bog‘lami yaxshi ish berdi. Men jamoa o‘yinidan qoniqdim, - dedi Ronald Kuman.
Memfis Depay yakunlangan mavsumda “Lion” tarkibida Frantsiya chempionatida 36 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 20 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga o‘nta golli pas oshirdi.
PSV klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Memfis Depay 2013 yildan beri Niderlandiya terma jamoasiga jalb etilmoqda.
Fikrlar