Bu bizning futbolchi! Shomurodov tarix yaratdi

  • 26 may, 2022, 02:15
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Evropa Konferentsiyalar ligasi finalidan o‘rin olgan "Roma" - "Feyenoord" bahsida "bo‘rilar" 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Zanolo tomonidan 32-daqiqada urilgan gol bellashuv taqdirini hal qildi. 

Bilasiz, Rim klubi safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p tepadi. U final bellashuvining 89-daqiqasida maydonga tushdi. 

Shu tariqa, Shomurodov evrokuboklarda zafar quchgan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi. Shuningdek, u jamoasi g‘alaba qozongan final o‘yinida maydonga tushgan ilk o‘zbek hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, yana bir vakilimiz Vitaliy Denisov 2004-2005 yilgi mavsum TsSKA safida UEFA kubogi g‘olibiga aylangan. Biroq ushbu bellashuvda Denisov maydonga tushmagan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!