
Bruno Fernandesh: "Hali tayyor emasmiz"
Bruno Fernandeshning fikricha, "Manchester Yunayted" hali Premer-ligada g‘alaba qozonishga tayyor emas. Ta’kidlash joiz, mankunianliklar mavsum startidagi uchta o‘yinning ikkitasida mag‘lub bo‘lishdi.
"Men "Manchester Yunayted" ligada g‘alaba qozonishga tayyor emasligini juda yaxshi bilaman.
Ha, biz kurashni davom ettiramiz va kuchli to‘rtlikdan joy olishga harakat qilamiz. Ya’ni, bu faqat chempionlar ligasiga yo‘llanma olish imkoniyatini beradi.
Lekin kattaroq maqsadga erishish uchun hali ko‘p ishlashimiz kerak va mening orzuim bir kun kelib chempionlikni qo‘lga kiritish. Ammo yaqin orada emas”, - dedi "Manchester Yunayted" sardori Bruno Fernandes DAZN nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar