Bronza uchun 1 santimetr etishmadi

  • 29 avgust, 2021, 06:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Hozirgina para engil atletikaning T12 klassida ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash bo‘yicha final bahslari yakunlandi. Unda hamyurtimiz Yoqutxon Xolbekova ham ishtirok etdi.

Tecno

Qiziqarli va murosasiz kechgan bahs natijalariga ko‘ra, hamyurtimiz 5.32 metr natija bilan 4-o‘rinni egalladi. E’tiborlisi, unga sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritishi uchun bor yo‘g‘i 1 santimetr etishmadi. Boisi, 3-o‘rinni egallagan jazoirlik Linda Xamri 5.33 metr natija qayd etdi.

Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!