"Brentford" "Arsenal" qiziqayotgan hujumchisiga narx belgiladi

  • 1 yanvar, 2024, 20:13
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Brentford" Ayven Touni uchun 80 million evro olishni istaydi. 

"Arsenal" hujumchi uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Futbolchining o‘zi ham "kanonirlar" safiga ko‘chib o‘tishga qarshi emas. Biroq "Brentford" talab qilayotgan pul ushbu transferni barbod qilishi mumkin. 

Jurnalist Ben Jeykobs bergan xabarga ko‘ra, Tomas Frank jamoasi qishda yangi hujumchi sotib olish niyatida emas va Ayven bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi. 

Bilasiz, Touni ayni damda pul tikish qoidalarini buzganligi uchun diskvalifikatsiya muddatini o‘tamoqda. Futbolchi 16 yanvar kuni klub ixtiyoriga qaytishi mumkin. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!