
Breaking! Kojo "Dinamo"dan norozi. U klub va murabbiyni keskin tanqid qildi
2023 yilning fevral oyidan beri "Dinamo" safida o‘ynab kelayotgan Joel Kojo ushbu transferlar oynasida klubni tark etishga juda yaqin keldi. Uni ayni paytda Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan Eronning "Istiqlol" klubi o‘z tarkibiga qo‘shib olishga jiddiy harakat qildi.
Ammo "Dinamo" rahbariyati bilan kelishuv amalga oshmagan. Hujumchi esa allaqachon taklifni qabul qilib bo‘lgandi. Shu sababli, uning klubdan jahli chiqdi va rahbariyat haqida keskin fikrlar bildirdi.
"Meni eng katta orzularimdan biri oldimda, ammo murabbiy ( Vadim Abramov) va rahbariyat bunga ruxsat bermadi. Ular taklifni rad etib yuragimni tilka-pora qildi. Bu murabbiy va uning rahbariyati mening hayotimni rasvo qildi".
Shuningdek, Kojo futbolga bo‘lgan qiziqishi so‘nganini ham ta’kidlab o‘tdi.
"Alloh ularni menga qilgan ishini hech qachon kechirmaydi. Futbolga bo‘lgan qiziqishimni o‘ldirdinglar. Futbol o‘ynaydigan kayfiyatim qolmadi".
Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoaga qarshi borishdir. Shunday ekan rahbariyat bunga keskin javob qaytarishi ham mumkin.
Saytimizga ma’lum bo‘lishicha, "Dinamo" ushbu transferdan 300 ming evro ishlab olishi mumkin edi. Avvaliga, samarqandliklar bunga rozi bo‘lishgan, lekin transferlar oynasining so‘nggi kunida Erondan bo‘lgan qo‘ng‘iroqlarga umuman javob berishmagan. Mazkur holatga Abramov aralashib, taklifni rad qilish kerakligini aytgan. Vaholanki, hujumchi bilan shartnoma tuzilayotganda, 100 ming evrolik taklifga ham uni qo‘yib yuborilishi va’da qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Kojoning "Dinamo" bilan shartnomasi 2025 yilning so‘nggiga qadar amal qiladi. Futbolchining keyingi faoliyati juda ham qiziq.
Fikrlar