
Braziliyalik futbolchi bir yilda yulduzga aylandi
“Lids” jamoasi yarim himoyachisi Rafinya Dias Angliya premer-ligasida bir yil to‘p surib, grand klublarning yulduzli tarkibini to‘ldirish imkoniga ega bo‘ldi. 2020 yilda “Renn”dan olib kelingan braziliyalik futbolchi ishonchli o‘yinlari bilan “Manchester Yunayted” va “Liverpul” e’tiborini qozondi.
Rafinya Dias ingliz futboliga juda tez moslashdi va “Lids”ning premer-ligadagi dastlabki mavsumida jamoaga katta yordam beryapti. 24 yoshli yarim himoyachi 20 ta uchrashuvda beshta gol urdi va jamoadoshlariga beshta golli pas uzatdi.
Diasning “Lids” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha davom etadi. Uning transferi uchun 30 million evro to‘lash kerak bo‘ladi.
Fikrlar