Braziliya Janubiy Koreyani ayab o‘tirmadi. Neymardan dubl

  • 2 iyun, 2022, 18:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Koreya hamda Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakuniga etdi. Unda "pentakampeonlar" yirik 5:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Janubiy amerikaliklar safida Neymar dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Risharlison, Koutino hamda Jezus bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Koreyslarning yagona goli Xvan Jo tomonidan kiritildi. 

Mazkur bellashuvda ikkita gol urgan Neymar terma jamoa safidagi gollari sonini 73 taga etkazib olgan holda, Pelening rekordiga (77) yaqin keldi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!