"Brayton" futbolchisi bilan bog‘liq vaziyat sabab "Arsenal" Genduzini jamoadan chetlatdi

  • 7 iyul, 2020, 13:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" yarim himoyachisi Matteo Genduzining jamoa umumiy guruh mashg‘ulotlaridagi ishtiroki cheklab qo‘yildi.

Tecno

Gap shundaki, "Brayton"ga qarshi uchrashuvda xavbek Nila Mopeni maoshi kam ekanligini yuziga solib, uni haqorat qilgan.

Ushbu holatga Angliya futbol federatsiyasi e’tibor qaratmadi, biroq "kanonirlar" murabbiylar shtabi klub rahbariyati bilan birga uni jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatishga qaror qilgan.

The Athletic nashri ma’lumotiga ko‘ra, Genduzi vaziyat uchun uzr so‘rashdan bosh tortgan. Bu esa Arteta va Edu uchun futbolchi bilan munosabatlarini buzishda so‘nggi nuqta bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!