
Boshqalardan kam to‘lasangiz, o‘ynamayman!
“Chelsi” rahbariyati klub tarbiyalanuvchisi Meyson Mauntni jamoada olib qolish uchun anchadan beri harakat qilmoqda.
Angliyaning deyarli barcha grand klublari yozda bu yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlagan.
Evening Standard nashrining yozishicha, 24 yoshli futbolchi Londonda qolishga qarshi emas. Biroq, buning uchun klub uning maosh bo‘yicha talabini bajarishi kerak.
Meyson Maunt rahbariyat unga ham jamoaning boshqa etakchi o‘yinchilari qatorida maosh to‘lashini so‘rayapti. Misol uchun, Ris Jeyms har mavsum uchun 15,2 million evrodan pul olmoqda. Maunt ham o‘zining xizmatlarini shu atrofda baholayapti.
Maunt joriy mavsumda barcha turnirlarda 35 marotaba maydonga tushib, uchta gol va oltita assist qayd etdi. Uning shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi.
Fikrlar