"Borussiya" yulduzlari Saudiyaga yo‘l olishi mumkin

  • 27 noyabr, 2023, 19:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
"Borussiya Dortmund" himoyachisi Mats Xummels hamda yarim himoyachi Marko Roys nemis klubini tark etishi mumkin. 

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu ikki nafar futbolchiga Saudiya Arabistoni chempionatidan takliflar kelib tushgan. 

Har ikki futbolchi faoliyatining so‘nggi yillarini o‘tkazayotgani sababli mazkur taklifni qabul qilishlari mumkin. 

Qayd etish lozim, dortmundliklar ayni dam Bundesliga turnir jadvalida 24 ochko bilan 4-pog‘onani band etib turibdi. 




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!