"Borussiya" yana bir etakchi futbolchisini tekinga qo‘yib yuborishi mumkin

  • 1 aprel, 2020, 23:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Mario Gettse yozda Germaniya chempionatini tark etishga tayyor.

Tecno

Ta’kidlanishicha, 27 yoshli germaniyalik yangi mavsumda o‘zini boshqa chempionatda sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Gettsening "asalarilar" bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi. Shunday ekan, unda erkin agent sifatida istalgan klubga borib qo‘shilish imkoniyati mavjud.

Joriy mavsumda yarim himoyachi dortmundliklar asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi. Ortda qolgan turlar davomida u oltita o‘yindagina dastlabki daqiqalardan boshlab maydonda harakat qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!