
"Borussiya Dortmund" Emre Jan bilan kelishuvga erishdi
"Yuventus" yarim himoyachisi Emre Jan qishgi transfer oynasi vaqtida Germaniya Bundesligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Bild nashri ma’lumotiga ko‘ra, Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma bandlari bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Ammo, "asalarilar" rahbariyati "Yuventus" bilan futbolchining transfer summasi bo‘yicha kelisha olgani yo‘q. Nemis matbuotiga ko‘ra, Jan transferi uchun "Borussiya" 23 million evro to‘lashi kutilmoqda.
Fikrlar