"Borussiya D" Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi bilan shartnoma imzolaydi

  • 24 iyul, 2021, 12:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya terma jamoasi hamda PSV klubi hujumchisi Doniell Malen faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Italiyalik jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 22 yoshli futbolchi "Borussiya" Dortmund bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolaydi. Nemis grandi ushbu transfer uchun Eyndxoven klubiga 30 million evro to‘laydi.

Malenning transferi shu haftada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Doniell Malen PSV safida o‘tgan mavsum Niderlandiya chempionatida jami 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 19 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!