"Borussiya D" biz uchun yaxshi tanish bo‘lgan hujumchini nishonga oldi

  • 5 may, 2021, 12:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Zenit» hujumchisi Sardor Azmun «Borussiya D» klubi qiziqishlari doirasiga kirgan. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ma’lum qildi.

Tecno

Manbaning bildirishicha, germaniyaliklar 26 yoshli futbolchi borasida ma’lumotlarni to‘plashni boshlagan.

Yanvar oyida dortmundliklar eronlik hujumchiga qiziqishi borasida xabarlar tarqalgandi. Keyin "Zenit" Azmunni 20 million evroga baholagandi. 

Sardar Azmun bu mavsum Rossiya Premer-ligasida 23 o‘yinda 19 ta gol urdi va 2 bor samarali pasni amalga oshirdi. U RPL to‘purarlar ro‘yxatida etakchilik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!