
"Borussiya" 3 ta to‘p farqini yo‘qqa chiqardi va mag‘lubiyatdan qutilib qoldi
Germaniya Bundesligasiing 12-turida Dortmundning "Borussiya" klubi "Padeborn" jamoasini qabul qildi va 0:3 hisobida yutqazayotib, ketma-ket 3 ta gol urishga erishdi. Shu asosida, uchrashuv durang natija bilan yakuniga etdi. Dortmundliklarning ochko yo‘qotishi turnir jadvalida etakchilik qilayotgan "Borussiya" M jamoasiga imkoniyat taqdim etmoqda. Myunxengladbax jamoasi 11-turdan keyin, 25 ochko bilan birinchi pog‘onadan joy olib turipti. "Borussiya" D esa 12 ta bellashuvdan so‘ng, 20 ochko bilan 5-o‘rinda qolib ketdi.
Fikrlar