
Bokschilarimiz Qozog‘istondan 10 ta medal bilan qaytishmoqda
30 sentyabrdan 4 oktyabrgacha Qozog‘istonning Aktau shahri "Shokir Boltekuly" xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy XVI xalqaro turnirga mezbonlik qildi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun musobaqaning final bahslari bo‘lib o‘tdi va yakunlarga ko‘ra jamoamiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-63,5 kg: Sayat Ilyasov
-67 kg: Shahboz Yunusaliev
-75 kg: Sirojiddin Xojahmedov
-92 kg: Nusrat Tohirov
Kumush medal:
-51 kg: Nodirjon Mirzahmedov
-80 kg: Sardor Shomurodov
Bronza medal:
-57 kg: Ayubxon Baxtiyorov
-63,5 kg: Javohir Qoysinov
-75 kg: Alisher Ayubov
-92 kg: Aynazar Kenesbaev
Fikrlar