
Bokschilarimiz Qirg‘izistondagi turnirda ishtirok etishadi
24-29 may kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Sobiq Ittifoq qahramoni Duyshenkul Shopokov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir tashkil etiladi.
Musobaqada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishadi.
Terma jamoamiz quyidagi tarkibda musobaqada qatnashadi:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziev
-48 kg: Asilbek Jalilov
-51 kg: Abdumajid Mannopov
-57 kg: Samandar Xolmurodov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-63,5 kg: G‘ofurjon Tohirov
-67 kg: Lazizbek Fattoev
-71 kg: Kamronbek Turg‘unboev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattaev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullaev
-92 kg: Diyorbek O‘rolov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Murabbiylar: Akmal Hasanov, Ravkat Eraliev, Lazizbek Zokirov.
Hamyurtimiz Hamid Tursunov musobaqada hakam sifatida ishlaydi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar