Boks. Yoshlarimiz Qozog‘istondagi musobaqada 5 ta medal qo‘lga kiritishdi

  • 26 fevral, 2023, 15:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Qozog‘istonning Taraz shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi xalqaro turnir o‘z yakuniga etdi. Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy kabi mamlakat bokschilari ishtirok etgan mazkur turnirda o‘zbekistonlik yoshlar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.

Tecno

Musobaqa yakuniga ko‘ra, bokschilarimiz 5 ta medal qo‘lga kiritishdi. Ularning 2 tasi oltin, 3 tasi esa bronza medallaridir. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Sovrindor vakillarimiz ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

Oltin:

-57 kg: Shohrux Abumalikov
-60 kg: Qahramon Fozilov

Bronza:

-48 kg: Muhammadgiyas Sobitxanov
-80 kg: Javohir Mehriddinov
-86 kg: Halimjon Mamasoliev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!