
Boks. Yana bir bokschimiz Osiyo chempionati bilan xayrlashdi
Hozirgina Osiyo chempionatining ayollar o‘rtasida -54 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida hamyurtimiz Nigina O‘ktamova tailandlik Jitpong Jutamasga qarshi jang o‘tkazdi.
Afsuski, Nigina ushbu qarama-qarshilikda 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, hamyurtimizning raqibi o‘tgan jahon chempionatining finalchisi hisoblanadi.
Fikrlar