
Boks. Murodjon Axmadaliev: "Men buni uddaladim"
Hozirgi kunda professional bokschilarimiz orasida yagona jahon chempioni, WBA va IBF kamarlari egasi Murodjon Axmadaliev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ajoyib motivatsion rolikni taqdim etdi.
"Har bir muvaffaqiyatli inson ortida, yillar davomida orttirilgan tajriba va ko‘p mehnat yotadi. O‘z orzusini turli omillardan asragan holda marraga etib borish - g‘oliblik deya ataladi. Men buni uddaladim. Qiyinchiliklar meni kuchli qildi, "uddalay olmaysan" degan gaplar esa chiniqtirdi. Barcha to‘siqlardan o‘tib, maqsadlarimga xiyonat qilmadim. Birma bir ularga erishib kelyapman. Buning siri nimada desangiz - videoni oxirigacha ko‘ring",-deb post qoldirgan Axmadaliev o‘zining instagramdagi sahifasida.
Fikrlar