
Boks bo‘yicha Jahon chempioni "Kanelo" Messiga murojaat qildi: "Xudoga bizni hayotda uchrashtirmasligini so‘rab iltijo qil"
Mashhur bokschi Saul "Kanelo" Alvares Argentina yulduzi Lionel Messining harakatidan norozi.
Gap shundaki, futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Argentina - Meksika (2:0) uchrashuvidan so‘ng nominal mezbonlar sardori Messining kiyim almashtirish xonasida raqib jamoa libosini oyoqlari bilan bosib turgani aks etgan video tarqaldi.
Meksikalik "Kanelo" bu voqeadan g‘azablanib, Leoga murojaat qildi.
"Messining bayrog‘imiz tushirilgan libosni tepib yuborganini ko‘rdim. Leo, Xudoga bizni hayotda uchrashtirmasligini so‘rab iltijo qil. Meksika Argentinani hurmat qilganidek, ular ham bizni hurmat qilishi lozim. Men butun argentinaliklar haqida emas, Messi va uning jirkanch harakati haqida gapiryapman",-dedi u "Tvitter"dagi sahifasida.
Fikrlar