Boks afsonasi yana ringga qaytadi(mi?)

  • 21 yanvar, 17:02
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkoning (64-5, 53 KO) ringga qaytishga juda yaqin. Bu haqda uning menejeri Tom Leffler ma’lum qildi.

Tecno

“Vladimir ajoyib formaga kirib olgan va buni ayni paytda ham saqlab turibdi. To‘g‘ri, Klichko Tayson Fyuri bilan jang qilmoqchi edi, biroq britaniyalik faoliyatini yakunladi. Menimcha, Vladimir hamyurti Usik bilan jang qilmasa kerak. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, uning yana ringga qaytish ehtimolini yuqori baholayman” - dedi Leffler "esNews" kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Klichko 48 yoshda. Ukrainalik bokschi 2017 yilda britaniyalik Entoni Joshuadan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng faoliyatini yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!