
Boks. 3 nafar bokschimiz litsenzion turnirga yo‘l oldi
23 may – 3 iyun kunlari Tailandning Bangkok shahrida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi boks bo‘yicha 2-jahon litsenzion turniri bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Bangkok safariga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, erkaklar terma jamoamiz ayni paytgacha to‘liq tarkibda va yana 3 nafar bokschi qizimiz litsenziya olib ulgurishgan bo‘lib, ushbu sport turidagi yo‘llanmalarimiz hozircha 10 tani tashkil etadi. Kuni kecha, Parij-2024 tashkiliy qo‘mitasi Sitora Turdibekovaning -57 kg vazn toifasida Olimpiada ishtirokchisiga aylanganini tasdiqlagan edi. Shu bois, Tailand turnirida quyidagi 3 nafar hamyurtimiz Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari uchun jang qilishadi:
-60 kg: Rashida Tagirova
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Aziza Zokirova
Fikrlar