
Boks. 2 dekabr kuni "Humo arena"da o‘tkaziladigan professional boks oqshomidan oldin o‘tkaziladigan marosimlar
“LIFT Promotions” tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda “O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni”ni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida joriy yilning 2 dekabr kuni “Humo arena” ko‘p tarmoqli muz saroyida professional boks oqshomi o‘tkaziladi.
Ushbu boks kechasida Fazliddin G‘oibnazarov, Jamshid Karimov kabi mahoratli bokschilarimizdan tashqari, Armaniston, Ruminiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi mamlakatlardan ham mahoratli charm qo‘lqop ustalari ringga ko‘tariladi.
Boks oqshomidan oldin 30 noyabr kuni “Frankfort” mehmonxonasida soat 18:00 da qur’a tashlash hamda Press-konferentsiya tadbiri o‘tkaziladi. Bundan tashqari, 1 dekabr kuni soat 11:00 da Face to Face marosimi ham tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, janglar 2 dekabr soat 18:00 dan 24:00 ga qadar davom etishi va 10 ta jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar