
Boks, jahon chempionati. Ertangi janglar vaqti o‘zgardi
Bilasiz, ertadan Toshkentda boks bo‘yicha Jahon chempionati start oladi. Ilk kungi to‘qnashuvlar 14:00da boshlanishi haqida aytilgandi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 1 may kungi bahslar e’lon qilinganidek soat 14:00 emas, 17:00 da boshlanadigan bo‘ldi!
Barchangizni "Humo" arenada kutib qolamiz.
Fikrlar