Bobur Tagiev chempionlik kamari uchun jang qiladi. Bugun Face to Face marosimida ishtirok etdi

CHERY AUTO

Ertaga, Dubay shahrida katta professional muaytay kechasi bo‘lib o‘tadi. UAM promousheni tomonidan tashkil etilayotgan ushbu turnirda hamyurtimiz Bobur Tagiev ham ringga ko‘tariladi.

Tecno

Unga frantsiyalik Valentin Tibaut raqiblik qiladi. Bu ularning revansh jangi hisoblanib, dastlabkisida yurtdoshimiz g‘alaba qozongan. 

Shu o‘rinda aloxida ta’kidlab o‘tish kerakki, bu jang WMC International kamari uchun bo‘ladi.

Bugun, ushbu jang avvalida o‘ziga xos vazn o‘lchash hamda Face to Face marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, jang 69.8 kgda 3 daqiqadan 5 raunddan iborat.

Shu o‘rinda yurtdoshimizga mazkur chempionlik jangida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!