Bizga Veynaldum kerak emas!

  • 4 yanvar, 2023, 08:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda jarohati tufayli “Roma”ga yordam bera olmayotgan Jorjino Veynaldum qishki transferlar oynasi vaqtida “Feyenoord”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Tecno

Bundan tashqari, jurnalistlar bu klub “Inter” himoyachisi Stefan de Vreyga ham qiziqayotgani yozildi.

Bu ma’lumotlarga “Feyenoord” bosh murabbiyi Arne Slot o‘z  munosabatini bildirdi.

- “Feyenoord” top-klublarda to‘p tepayotgan futbolchilar oladigan maoshga yaqinlasha olmaydi. Shuni inobatga olib, Veynaldum va de Vrey transferlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, - dedi Arne Slot.

“Roma” Veynaldumni o‘tgan yozda PSJdan keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan edi. Lekin og‘ir jarohat olgan niderlandiyalik yarim himoyachi Rim klubiga yordam bera olmayapti.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!