
Bizga Verner kerak emas!
“Borussiya” klubi rahbariyati “Chelsi” futbolchisi Timo Vernerni Bundesligaga qaytarish niyati yo‘qligini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “aristokratlar” germaniyalik hujumchidan Erling Xoland transferida foydalanmoqchi bo‘lgan. Biroq, dortmundliklar jamoada Timo Vernerga ehtiyoj yo‘qligini ma’lum qilgan.
“Leyptsig” to‘purari bo‘lgan Timo Verner o‘tgan yili “Chelsi”ga transfer qilingan edi. U klublar miqyosida jami 52 ta uchrashuvda qatnashib, 12 ta gol urdi va 15 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar