
Bizga Ronaldu ham, Kavani ham kerak emas!
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoaga g‘alabani ta’minlay oladigan yangi to‘purar kerakligini ta’kidlamoqda. Germaniyalik mutaxassis 37 yoshli Ronaldu va 34 yoshli Kavani o‘rniga yosh hujumchi olishni istayapti.
- Bu aniq ko‘rinib turibdi. Kavanining shartnomasi yozda tugaydi. Uning o‘rniga yosh hujumchi topishimiz kerak, - dedi Ralf Rangnik.
Shuningdek, Krishtianu Ronaldu ham yozda klubni tark etishi mumkin. Qolaversa, portugaliyalik to‘purarning golsiz seriyasi beshta uchrashuvga etdi va u ilgarigi sermahsulligini namoyish eta olmayapti.
Fikrlar