Biz PSJni o‘z qurolidan foydalanib engdik!

  • 20 iyun, 13:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Botafogo” bosh murabbiyi Renato Payva klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida PSJ ustidan erishilgan g‘alaba (1:0) haqida fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Biz PSJni ularning o‘z qurolidan foydalanib engdik, ya’ni a’lo darajadagi jamoaviy harakat qildik. Barcha o‘yinchilar ham himoyalanishdi va birga hujum  qilishdi. Parijliklarning ulkan siri ham shunda - ular nima uchun raqobatlashib g‘alaba qozonishadi. Ular jamoaviy futbolda barchaga saboq bermoqda. Men futbolchilarimga shunchaki futboldan zavq olishlarini, birgalikda o‘ynashlarini, hujum qilishni va himoyalanishlarini aytdim.

Biz braziliyalik futbolchilar va murabbiylarning mahoratini namoyish etdik. Bu g‘alaba Braziliyada ishlaydigan barcha futbolchi va murabbiylarning g‘alabasidir", – dedi Renato Payva.
 
Malumot uchun, kechagi g‘alabadan keyin “Botafoga”  ikkita o‘yinda yuz  foizlik natija qayd etib, pley-off masalasini deyarli hal qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!