
Bir futbolchiga Angliyadan 5 grand da’vogar
Angliya Premer-ligasida “Bornmut” sharafini himoya qilayotgan Din Xyoysen kelasi mavsumni katta ehtimol bilan yuqori maqsadlar va sovrinlar uchun kurashadigan qudratli jamoalardan birida boshlaydigan bo‘lyapti.
19 yoshli markaziy himoyachiga Premer-liganing o‘zidan beshta grand klub da’vogarlik qilmoqda. “Arsenal”, “Chelsi”, “Liverpul”, “Nyukasl” hamda “Tottenxem” yangi yulduzga o‘z tarkibidan joy berishga tayyor.
Xyoysenga Evropaning boshqa top-ligalari qudratli klublaridan ham chorlov bor. Xususan, “Real” mutasaddilari ham bu o‘yinchining o‘sishini diqqat bilan kuzatmoqda va yozda uni olishga harakat qiladi.
“Bornmut” himoyachi bilan 2030 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma tuzib qo‘ygan. Lekin 50 million funt miqdoridagi taklif Xyoysenni olib ketish uchun etarli summa hisoblanadi.
Fikrlar