Bir futbolchi tufayli “Barsa” va “Bavariya” munosabati buzildi

  • 22 yanvar, 2022, 17:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sport1.de nashrining yozishicha, “Barselona” va “Bavariya” munosabati yomonlashdi. Bunga myunxenliklarning “Barselona” tarkibidagi iste’dod egasi Pedrini o‘ziga og‘dirib olishga tinimsiz harakat qilayotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Tecno

Pedri Xavi boshqarayotgan jamoada asosiy tarkibga kirishga qiynalyapti. Bundan foydalangan “Bavariya” mutasaddilari uni Myunxenga kelishga ko‘ndirmoqchi.

Pedri joriy mavsumda Chempionlar ligasi, La Liga, Ispaniya Superkubogi va mamlakat kubogi doirasida oltita uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urdi xolos. Kataloniyaliklar bilan 2026 yilga qadar davom etadigan bitim tuzgan futbolchi 80 million evroga baholangan.

O‘z navbatida, “Barselona” ham bunga javoban, “Bavariya”ning asosiy himoyachilaridan Niklas Zyule, 16 yoshli pleymeyker Kenan Yildiz va birinchi tarkib mashg‘ulotlariga jalb qilingan  18 yoshli  hujumchi Gabriel Vidovichni qo‘lga kiritishga harakat qila boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!